platina.uz
Siyosat

Qorakoʻldagi yoʻlga yuk mashinasi ogʻirligini oʻlchovchi tarozi qoʻyiladi

Shavkat Mirziyoyev ushbu yangi loyiha asosida taʼmirlangan avtomobil yoʻlini koʻzdan kechirdi.

Qorakoʻldagi yoʻlga yuk mashinasi ogʻirligini oʻlchovchi tarozi qoʻyiladi

Qorakoʻldagi loyihada yoʻl sifatini saqlash maqsadida, meʼyordan ortiq yuk tashuvchi mashinalarning vazn parametrlarini vaqti-vaqti bilan oʻlchovchi koʻchma tarozi qoʻyiladi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu yangi loyiha asosida taʼmirlangan avtomobil yoʻlini koʻzdan kechirdi.

Jumladan, Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yoʻlining Qorakoʻl tumanidan oʻtgan bir qismi namunaviy shaklga keltirildi. Loyihaga koʻra, 4 tasmali yoʻl yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan.

Shuningdek, bu yerda yondosh shoxobcha yoʻl ham qurilgan. Yangi belgilar, elektron tablo va quyosh panelli yoritish chiroqlari oʻrnatilgan. Yoʻl boʻyiga manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan.

Prezident bu jihatga alohida toʻxtalib, daraxt ekish yoʻl qurilishi bilan birga olib borilishi shart ekanini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Gʻijduvon tumanidan Turkmaniston chegarasigacha 155 kilometr yoʻlni rekonstruksiya qilish loyihasi ham maʼqullandi.

Maʼlumot uchun, Buxoro viloyatida 15 ming 400 kilometr avtomobil yoʻllari mavjud. Shundan 486 kilometri xalqaro ahamiyatga ega. Ularda kuniga oʻrtacha 45-50 mingta transport vositalari harakatlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid