Qoʻqondagi neft va gaz burgʻulovchi kompaniya sotuvga qoʻyildi
Aksiyalar paketining boshlangʻich qiymati 66,5 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻni tashkil etadi.

"QO‘QON NEFTGAZ PARMALASH ISHLARI” AJ ustav kapitalidagi 61,3 foiz davlat aksiyalar paketi “Toshkent” Respublika fond birjasiga joylashtirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
"QO‘QON NEFTGAZ PARMALASH ISHLARI" AJ– neft va gaz quduqlarini burgʻulash ishlarini tashkil qiluvchi kompaniya hisoblanadi.
Korxonaning yuridik manzili Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida joylashgan.
Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 33 424 89 dona (oddiy) aksiya;
Bir dona aksiyaning savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi – 1 987,02 (bir ming toʻqqiz yuz sakson yetti) soʻm 2 tiyin;
Aksiyalar paketining boshlangʻich qiymati – 66 415 773 000,0 (oltmish olti milliard toʻrt yuz besh million yetti yuz yetmish uch million) soʻm;
Emitentning ustav fondi miqdori – 3 433 833 648,0 (uch milliard toʻrt yuz oʻttiz uch million sakkiz yuz oʻttiz uch ming olti yuz qirq sakkiz) soʻmni tashkil etadi.
Davaktiv avvalroq "Toshkent siti"dagi uchta bankning binosi sotilishini eʼlon qilgandi.