Nega sigaretga oʻrganib qolamiz?
1,3 millionga yaqin odam chekmaydiganlarning tamaki tutuniga duchor boʻlishlari oqibatida vafot etadi.

31 may – Butunjahon kashandalikka qarshi kurash kuni. Tamaki har yili 8 milliondan ortiq odamning oʻlimiga sabab boʻladi, shu jumladan, sigaret chekmaydigan 1,3 million aholining ham. Dunyodagi 1,3 milliard tamaki isteʼmolchisining qariyb 80 foizi past va oʻrta daromadli mamlakatlarda yashaydi.
2020 yilda dunyo aholisining 22,3 foizi tamaki isteʼmol qilgani aniqlangan: erkaklarning 36,7 foizi va ayollarning 7,8 foizi.
Tamaki epidemiyasini bartaraf etish uchun JSSTga aʼzo davlatlar 2003 yilda JSSTning Tamaki nazorati boʻyicha doiraviy konvensiyasini qabul qildilar. Hozirda 182 davlat ushbu shartnoma ishtirokchilari hisoblanadi.
Tamaki epidemiyasi butun dunyo boʻylab har yili 8 milliondan ortiq odamni oʻldiradigan eng katta tahdidlaridan biridir. Ushbu oʻlimlarning 1,3 millionga yaqini chekmaydiganlarning tamaki tutuniga duchor boʻlishlari natijasida yuz beradi.
Tamaki isteʼmolining barcha shakllari zararli va tamaki taʼsirining xavfsiz darajasi yoʻq. Sigaret chekish butun dunyo boʻylab tamaki isteʼmol qilishning eng keng tarqalgan shaklidir. Boshqa tamaki mahsulotlariga suv quvurli tamaki, purolar, sigarillolar, isitiladigan tamaki, qoʻlbola tamaki, quvurli tamaki, bidis, kreteks va tutunsiz tamaki mahsulotlari kiradi.
Dunyo boʻylab 1,3 milliard tamaki isteʼmolchisining qariyb 80 foizi past va oʻrta daromadli mamlakatlarda yashaydi. Tamaki isteʼmoli oziq-ovqat va boshpana kabi asosiy ehtiyojlarga sarflanadigan pulni tamakiga yoʻnaltirish orqali qashshoqlikka hissa qoʻshadi. Bunday sarf-xarajatlarni cheklash esa qiyin.
Elektron sigaretalardan foydalanish xalq tilida “veyping” deb ataladi. Elektron sigaret, odatda, nikotin va boshqa zaharli moddalarni oʻz ichiga oladi, ularning tutuni chekmaydigan insonlar uchun ham juda xavfli. Shuningdek, yurak kasalliklari va oʻpka kasalliklari xavfini oshiradi. Nikotin insonni oʻziga qaram qilib qoʻyadigan modda boʻlib, homilador ayollarga salbiy taʼsir koʻrsatadi va bolada miya rivojlanishiga zarar yetkazadi.
Butunjahon tamakiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Platina.uz psixiatr-narkolog Nabijon Akbarov bilan mavzu haqida suhbatlashdi.