Soʻz erkinligi eng yomon holatda qolmoqda
Global Expression Report butun dunyo boʻylab soʻz va axborot erkinligi boʻyicha tahlilni eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston 132-oʻrinda qayd etildi.

Oʻzbekiston soʻz erkinligi reytingida 132-oʻrinni egalladi.
Yangi eʼlon qilingan hisobotda Oʻzbekistonda soʻz erkinligi bilan bogʻliq vaziyat "inqirozli" deya baholandi. Unga koʻra, mamlakatda soʻz erkinligi darajasi Ruanda, Yaman, Burundi, Sudan va Kambodja bilan bir xil.
Global Expression Report butun dunyo boʻylab soʻz va axborot erkinligi boʻyicha tahlilni taqdim etdi. Tahlil nafaqat jurnalist yoki faollarning, balki barchaning soʻz erkinligi boʻyicha imoniyatlarini oʻz ichiga oladi.
Hozirda dunyo aholisining yarmidan koʻpi "soʻz erkinligi inqirozga uchragan mamlakatlar"da istiqomat qilmoqda, bu koʻrsatkich oʻtgan yillardagi natijalardan yuqori. Dunyo aholisining atigi 23 foizi ochiq va soʻz erkinligi kamroq cheklangan davlatlarda istiqomat qiladi.
Hisobotga koʻra, Daniya mazkur masalada eng erkin davlat hisoblanadi. Eng yopiq mamlakat esa Shimoliy Koreyadir.
Avvalroq Oʻzbekiston 2024 yil uchun matbuot erkinligi reytingida 148-oʻrinni egallagan.