Sirdaryoda "Kaptiva" haydovchisi odamlar ustiga mashina haydadi
IIB haydovchiga jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olinganganini bildirdi.

Tarmoqda "Kaptiva" haydovchisi stadionda odamlar ustiga mashina haydagani tasvirlari tarqaldi. Maʼlumotlarga koʻra, holat Sirdaryo viloyatida sodir boʻlgan.
Mojaro futbol musobaqasidagi tortishuvdan kelib chiqqani aytilmoqda.
Holat Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan oʻrganilgan. Mazkur avtomashina haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tegishli tartibda qamoqqa olingan, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.