Rossiyalik taniqli teleboshlovchi va aktrisa vafot etdi
Anastasiya Zavorotnyuk uzoq vaqtdan buyon saraton xastaligi bilan kurashib kelayotgandi.

Rossiyalik teatr va kino aktrisasi, teleboshlovchi Anastasiya Zavorotnyuk uzoq davom etgan xastalikdan soʻng vafot etdi.
Bu haqida "RIA Novosti" aktrisaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridagi xabarlarga asoslanib xabar berdi.
53 yoshli Zavorotnyuk 2019 yil avgustidan beri u teatr spektakllarida qatnashishni toʻxtatdi. U uzoq vaqtdan buyon saraton xastaligiga qarshi muolajalar olib kelayotgandi.
Zavorotnyuk oʻnlab filmlar rol oʻynagan va koʻrsatuvlarda boshlovchilik qilgan. 2006 yil Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.