platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston vending assotsiatsiyasi taqdirlandi

Guanchjou shahrida Asia Vending & Smart Retail Expo avtomatik savdo (vending) sanoatining muhim koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. 

Oʻzbekiston vending assotsiatsiyasi taqdirlandi

Shu kunlarda Guanchjou shahrida Asia Vending & Smart Retail Expo avtomatik savdo (vending) sanoatining muhim koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Har yili jahonning yetakchi vending assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan Xalqaro Vending Industry dunyodagi eng yirik va nufuzli xalqaro koʻrgazmalardan biri hisoblanadi.

Unda Oʻzbekiston vending assotsiyatsiyasi "UzVEND" delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Koʻrgazma Oʻzbekiston va mintaqa uchun alohida ahamiyatga ega, chunki u savdo va avtomatlashtirilgan savdoni rivojlantirishga bagʻishlangan dunyodagi eng yirik va eng muhim koʻrgazma hisoblanadi.

Oʻzbekiston prezidentining 2021 yildagi “Oʻzbekistonda vendinqni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori qisqa muddatda avtomatik savdo (vending) sohasi muvaffaqiyatli rivojlanishiga olib keldi.

Tadbir ochilish marosimida Oʻzbekiston "UzVEND" assotsiatsiyasini raisi Azizxon Yoʻldoshxonov Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari nomidan qutlov nutqi soʻzlab, mintaqada vending va avtomatlashtirilgan savdoni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi. Vakillarimiz shuningdek, avtomatlashtirilgan savdo sohasidagi eng yaxshi kompaniyalarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Koʻrgazmaning muhim voqealari qatorida vending assotsiatsiyalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Taʼkidlash lozim, vending sanoati rivojiga qoʻshgan yuksak xizmatlari eʼtirof etilgan holda Markaziy Osiyodan kelgan xalqaro maslahatchi, ekspert kengashi aʼzosi Azizxon Yoʻldoshxonovga tantanali ravishda maxsus diplom va koʻkrak nishoni topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid