Namanganda mahkum oʻz joniga qasd qildi
2000 yilda tugʻilgan shaxs ishlab chiqarish sexida mazkur harakatni sodir etgan.

Namangan viloyati Pop tumanida qamoqxona mahkumining jasadi topildi. Bosh prokuratura maʼlumotiga koʻra, u oʻz joniga qasd qilgan.
23 may kuni Namangan viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo oʻtayotgan 2000 yilda tugʻilgan mahkum ishlab chiqarish sexi xududida oʻzini-oʻzi osib, vafot etgan. U Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi "Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish" bilan sudlangan.
Murdani koʻzdan kechirish davomida boʻyin sohasida strangulyatsion egatdan tashqari boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.
Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari oʻtkazilmoqda.
"Tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi" deyiladi Bosh prokuratura xabarida.