platina.uz
Jamiyat

AQShga noqonuniy kormoqchi boʻlgan 3000 ga yaqin oʻzbekistonlik qoʻlga olindi

Ular Turkiya, Ispaniya va Meksika orqali kelib, AQShga noqonuniy kirishga uringan. 

AQShga noqonuniy kormoqchi boʻlgan 3000 ga yaqin oʻzbekistonlik qoʻlga olindi

AQShga noqonuniy kormoqchi boʻlgan 3000 ga yaqin oʻzbekistonlik qoʻlga olindi.

AQShning Chegara-bojxona xizmati 2023 yilning oktabridan buyon, AQShning Meksika bilan chegarasini noqonuniy kesib oʻtgani uchun San-Diyegoda 2900 oʻzbekistonlikni qoʻlga olgan. Ular Turkiya, Ispaniya va Meksika orqali kelib, AQShga noqonuniy kirishga uringan.

1 oktabrdan beri Chegara-bojxona xizmati faqatgina San-Diyego sektorida Hindistondan 8900, Turkiyadan 7800, Mavritaniyadan 4400, Vetnamdan 3000 va Gvineyadan 5600 nafar noqonuniy muhojirni toʻxtatib qolgan.

Ayrim muhojirlar avvalroq Fox News telekanaliga AQShda yaxshiroq hayot izlayotganliklarini aytishgan edi.

“Mening ingliz tilim unchalik yaxshi emas va Qoʻshma Shtatlarda hech kimni tanimayman”, degan edi mart oyida bir muhojir. "AQShga kelganimdan keyin hammasini boshidan boshlashim kerakligini bilaman. Lekin men kelajakda yaxshi hayot kechirishni va farzandlarim yaxshi taʼlim olishlarini istayman”.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda AQSh chegarasiga yetib borayotgan oʻzbekistonliklarning koʻpi ortga qaytarilmoqda. Mart oyida yuzdan ziyod fuqarolar qaytarilgandi. 2023 yilda AQSh tomoni Meksika orqali kirib kelayotganlar qabul qilinmay, deportatsiya qilinishini maʼlum qilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid