“Toshkent City” hududidagi uchta bank binosi sotiladi
"Asakabank", "Oʻzsanoatqurilishbank" va "Aloqabank"ga tegishli koʻp qavatli binolar sotuvga chiqarilmoqda.

“Toshkent City” hududidagi uchta bankning binolari sotiladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Asakabank" AJ, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB va AT "Aloqabank"ga tegishli “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʻp qavatli binolarini ommaviy savdolar orqali sotilishi toʻgʻrisida eʼlon qildi.
Ushbu bitimga “KPMG” kompaniyasi sotish jarayonini tashkil etish boʻyicha konsultant sifatida jalb qilingan.
Davaktiv agentligi mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda tijorat banklari (aktiv egalari) va konsultant harakatlarini muvofiqlashtirishi belgilangan.
Savdo jarayonlarining mazkur bosqichida, konsultant tomonidan investorlarning mazkur aktivlarni sotib olishga boʻlgan qiziqishlari oʻrganiladi.
Bozordagi ushbu Biznes markazlarini sotib olishga boʻlgan qiziqishini oʻrganish, KPMG tomonidan Aktivlar toʻgʻrisida tayyorlangan investitsion tizerlarni sohadagi investorlarga, shu jumladan xalqaro investorlarga yuborish va ular bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Investorlarning mazkur Biznes markazlarini sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli yaʼni binoni toʻliq sotib olish yoki lotlarga boʻlgan holda sotib olish boʻyicha fikrlarini oʻrganish orqali sotishga yondashuv mexanizmi ishlab chiqiladi.
Davaktiv avvalroq Toshkentdagi International mehmonxonasi sotilishini eʼlon qilgandi.