Surxondaryoda 2 ming yil avvalgi shahar qoldiqlari topildi
Oʻzbekiston-Xitoy arxeologik ekspeditsiyasi bundan 2 ming yil avval mavjud boʻlgan shahar qoldiqlarini topdi.

Oʻzbekiston-Xitoy arxeologik ekspeditsiyasi Surxondaryo viloyatida bundan 2 ming yil avval mavjud boʻlgan shahar qoldiqlarini topdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida oʻzbek-xitoy qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 4 ming yillik maqbaralar va 2 ming yillik shahar xarobalar topilgan. Shuningdek, qazishmalar davomida sopol idishlar, qurollar, zargarlik buyumlari, haykalchalar, shahar minoralari qoldiqlari va qadimiy qabrlar aniqlangan.
Olimlarning fikricha, bu arxeologik topilmalar Qangʻ, Kushon va Yuechji (Massaget) davlat tuzilmalari davrlariga oid boʻlib, miloddan avvalgi II va milodiy III asrlar oraligʻiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda.