platina.uz
Jahon

Starlink sunʼiy yoʻldosh tizimida nosozlik kuzatildi

Shikoyatlarning asosiy qismi AQShdan kelgan. 

Starlink sunʼiy yoʻldosh tizimida nosozlik kuzatildi

Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimida nosozlik yuz berdi. Kompaniya X ijtimoiy tarmogʻida muammoni bartaraf etish ustida ishlayotganini eʼlon qildi.

Downdetector xizmati maʼlumotlariga koʻra, 40 mingga yaqin foydalanuvchi nosozliklar haqida shikoyat qilgan. Bir soat oʻtgach, Starlink oʻz faoliyatini qayta boshlaganini eʼlon qildi.

Downdetector maʼlumotlariga koʻra, uzilishlar Toshkent vaqti bilan taxminan 06:07 da boshlangan. Shikoyatlarning aksariyati AQShdan kelgan.

Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yangi Zelandiya va Meksikadagi foydalanuvchilar ham nosozliklar haqida xabar berishgan. Toshkent vaqti bilan soat 8:31 holatiga koʻra, nosozliklar haqidagi shikoyatlar soni 230 taga kamaydi.

Starlink - bu Ilon Maskning Space X kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi sunʼiy yoʻldosh Internetga kirishni taʼminlash uchun joylashtirilgan global sunʼiy yoʻldosh tizimidir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid