platina.uz
Jamiyat

Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga giyohvand moddalar oʻtkazuvchi tarmoq yoʻq qilindi

Oʻzbekistonga narkotik moddalarni oʻtkazish bilan shugʻullangan "Yovvoyi" laqabli shaxsni qoʻlga olingan. 

Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga giyohvand moddalar oʻtkazuvchi tarmoq yoʻq qilindi

Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga narkotik oʻtkazuvchi tarmoq yoʻq qilindi.

Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari xodimlari Oʻzbekistonga giyohvand moddalarni olib oʻtish tarmogʻini yoʻq qilib, "Yovvoyi" laqabli shaxsni qoʻlga oldi. Bu haqda Vesti.kg xabar bermoqda.

Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, huquq-tartibot idoralari xodimlari qishdan beri maxsus operatsiya oʻtkazmoqda. Qirgʻizistonning Aqsi va Olabuqa tumanlari orqali narkotik moddalar savdosini tashkil qilgan, muqaddam sudlangan Toʻqtoʻgʻul tumanida tugʻilgan, "Yovvoyi" laqabli fuqaro qoʻlga olindi. U uyushgan jinoiy giyohvandlik guruhi aʼzosi sifatida Ichki ishlar vazirligining tezkor reyestrida turgan.

Operatsiya davomida 16 kilogrammdan ortiq gashish ham musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Qirgʻiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Qoʻlga olingan shaxs vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi.

Tergov tadbirlari davom etmoqda. Eslatib oʻtamiz, avval Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarasida ikki maxfiy tunnel va katta miqdorda tilla buyumlar aniqlangandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid