Putin Shavkat Mirziyoyevga tegegramma yubordi
U yuzma-yuz oʻtgan muzokaralarga alohida toʻxtaldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga yetib borgach, Shavkat Mirziyoyevga telegramma yubordi va ajoyib mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, Oʻzbekistondagi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarning istiqboliga xizmat qilib, turli yoʻnalishlardagi zamonaviy loyihalarni amalga oshirishda oʻzaro manfaatli boʻladi.
"Tashrif davomida yuzma-yuz muloqot qilganimiz uchun albatta minnatdorlik bildiraman. Bunday doʻstona muloqot koʻp ahamiyatga egadir", deyiladi tegegrammada.
Putin Toshkentga 26 mayda kelib, 28 mayda uchib ketdi. Uning 2 kunlik tashrifi 3 kunga aylandi. Mutaxassislarga koʻra, Putinnnig 3 kunlik tashriflari kamdan-kam kuzatiladigan holat.
Muzokaralar yakunida 20 mlrd. dollarlik kelishuvlar imzolandi, oʻzaro savdo hajmini 30 mlrd. dollarga yetkazishga kelishib olindi. Jizzaxda esa kichik AES qurish boʻyicha shartnoma imzolandi.