platina.uz
Iqtisod

Banklarda xarajat oshib, daromad kamaymoqda

Foizli xarajatlar 45 foizga oshgan, yaʼni banklar  qimmat foizlarda resurs jalb qilib, arzon foizlarda kreditlar ajratishga majbur boʻlmoqda. 

Banklarda xarajat oshib, daromad kamaymoqda

Oʻzbekistondagi banklarining xarajatlari keskin ortib, daromadlarning oʻsish surʼati pasaymoqda. Markaziy bank eʼlon qilgan “Bank tizimi daromadlilik koʻrsatkichlari” hisobotidan shunday xulosa anglashiladi.

Xususan, joriy yilning yanvar-aprel oylarida banklarning foizli daromadlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 35,5 foizga oshgan (mos ravishda 25,528 va 34,558 trln. soʻm).

Foizli xarajatlari esa 45 foizga koʻpaygan (mos ravishda 16,606 va 24, 074 trln. soʻm). Yaʼni, banklar qimmat foizlarda resurs va depozitlar jalb qilib, arzon foizlarda kreditlar ajratishga majbur boʻlmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida foizsiz daromadlar bor-yoʻgʻi 12,6 foizga oshgan (mos ravishda 14,684 va 16, 533 trln. soʻm), foizsiz xarajatlar esa 68,6 foizga koʻpaygan (mos ravishda 3,088 va 5,205 trln. soʻm).

Shu bilan birga, banklarning foyda soligʻi xarajatlari 929 mlrd. soʻmga qisqargan. (Oʻtgan yilda 1,016 mlrd.) Jamlangan sof foyda oʻtgan yilga (4,031 trln.) nisbatan deyarli 1 trln. soʻmga, yaʼni 3,025 trln. soʻmgacha kamaygan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid