platina.uz
Iqtisod

Toshkentdagi “International” mehmonxonasi sotuvga qoʻyildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xaridorlar uchun maʼlumot va talablarni eʼlon qilgan. 

Toshkentdagi “International” mehmonxonasi sotuvga qoʻyildi

Toshkentdagi “International” mehmonxonasining ommaviy savdolari boshlandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi InterHotel MChJdagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish uchun savdo jarayonlari boshlanganligini eʼlon qildi.

Xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida Deloitte kompaniyasi jalb etilgan.

Sotuvga qoʻyilgan mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferensiya zali, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni oʻz ichiga oladi. Umumiy 3 ga yer maydonida 44 903 kv metr bino va inshootlar joylashgan.

Xususiylashtirish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest), majburiyatga ega boʻlmagan taklif (NBO) hamda majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) bosqichlari. Yakuniy bosqichda taklif etiladigan qatʼiy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli toʻlov sifatida amalga oshirish belgilangan.

Arizalarni qabul qilish muddati - 2024 yil 4 iyul soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar davom etadi.

Talabgor va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obʼekti/(lar) boʻlmasligi kerak.

Shuningdek, talabgorlar va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari lozim.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid