Kontraktga kirgan talaba keyinchalik byudjetga oʻtib olishi mumkin
Platina Podcast’ning navbatdagi sonida abituriyentlar uchun koʻplab muhim yangiliklarni aytib oʻtdik.

Prezident farmoni bilan tasdiqlangan yangi tartibga koʻra, endi davlat granti faqat bir oʻquv yiliga beriladi.
Yaʼni byudjetga 1 ball yetmay qolgan kontraktdagi talaba keyingi oʻquv yilidan baholarini yaxshilab, davlat grantiga daʼvogarlik qilishi mumkin.
Abituriyentlar uchun koʻplab yangiliklar boʻlgan ushbu farmonning xalqona sharhi bilan yuqoridagi videoda tanishish mumkin.