platina.uz
Siyosat

Vladimir Putin Oʻzbekistonga keldi

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 27 may kuni boʻlib oʻtadi. Rahbarlar Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqadi.

Vladimir Putin Oʻzbekistonga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 27 may kuni boʻlib oʻtadi.

Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini koʻrib chiqadilar.

Sammit yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar toʻplami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yigʻilishida ham ishtirok etadilar.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Toshkent shahriga kelgach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida «Yangi Oʻzbekiston» bogʻiga tashrif buyurdi.

Anʼanaga koʻra, Rossiya rahbari Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi.

Majmuani qisqa koʻzdan kechirish davomida oliy martabali mehmonga ushbu meʼmoriy ansambl mazmuni va oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid