Rossiya "Tolibon"ni terrorchi harakatlar roʻyxatidan chiqarishi mumkin
Shuningdek, "Tolibon"ga Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun taklif yuborilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi prezident Vladimir Putinga mamlakatda taqiqlangan "Tolibon" harakatini taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish boʻyicha taklif kiritgan. Bu haqda TASS Putinning Afgʻoniston boʻyicha vakili Zamir Kabulovga asoslanib xabar bermoqda.
Rossiya rasmiylari uzoq vaqtdan beri Tolibon bilan aloqalarni davom ettirib kelmoqda, Tolibon delegatsiyalari muntazam ravishda Moskvaga kelishadi va 15 may kuni toliblar "Rossiya - Islom olami: KazanForum" forumida ishtirok etishdi.
Biroq, Tolibon terrorchi tashkilot sifatida eslanishi davom etdi, faollar va ommaviy axborot vositalari ularni taqiqlash bandisiz tilga olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hozirda Moskva "Tolibon"ga Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun taklif yuborganini maʼlum qildi. Tolibon allaqachon iqtisodiy forumda 2022 yilda qatnashgan, oʻshanda Ukrainadagi urush tufayli forum Gʻarb ishtirokchilari tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan.
Eslatib oʻtamiz, "Tolibon" 2021 yil 15 avgustda Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga olgandi. Hozircha biror davlatni Afgʻoniston islom amirligini rasman tan olganicha yoʻq.