Metan gaz narxi 400 soʻmga oshirilyapti

Metanning hozirgi eng yuqori narxi 3350 soʻmni tashkil qiladi. 

Jamiyat
27-may, 14:51
Metan gaz narxi 400 soʻmga oshirilyapti

Joriy yil iyun oyidan metan gazi narxi qimmatlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabarida aytiladi

2024 yil 1 iyundan 1 avgustgacha bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 soʻm qilib belgilanmoqda. 

2024 yil 25 may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish koʻzda tutilgan qarori qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Energetika vazirligi avvalroq metanning yuqori narxini 3350 soʻm etib belgilagan, narxni oshirgan zapravkalarga esa chora koʻrilgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+