platina.uz
Jahon

AQShda kuchli tornado sabab kamida 15 kishi halok boʻldi

Tabiiy ofat mamlakatning markaziy qismiga yopirilgan va keng koʻlamli vayronagarchilik, elektr taʼminotidagi uzilishlarga sabab boʻlgan.

AQShda kuchli tornado sabab kamida 15 kishi halok boʻldi

AQShning markaziy qismiga yopirilgan va keng koʻlamli vayronagarchilik va elektr taʼminotidagi uzilishlarga sabab boʻlgan tornado va boʻronlar oqibatida kamida 15 kishi halok boʻldi.

Jumladan, Texas shimolida yetti kishi, Arkanzasda beshta, Oklaxomada ikki va Kentukkida bir kishi halok boʻldi. Yana bir necha oʻnlab odamlar jabrlangan. 500 mingga yaqin odam elektrsiz qoldi.

Texas gubernatori Greg Ebbotning aytishicha, shtatdagi okruglarning uchdan biri tabiiy ofat hududi deb eʼlon qilingan.

Texasdagi Kuk okrugidan Sherif Rey Sappington matbuot anjumanida Velli-Vyu hududini yorib oʻtgan tornadoda ikki va besh yoshli ikki bola va bir oilaning uch aʼzosi halok boʻlganini aytdi.

"Tornadodan faqat vayronalar qolmoqda. Vayronagarchilik juda qattiq", - dedi u.

Indiana shtatida Indianapolis 500 avtopoygasi starti toʻrt soatga kechiktirildi va muxlislardan (ulardan 125 ming nafari kutilgandi) tribunalarni tark etib, xavfsiz joyga panoh topishlari soʻralgan.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyi oxirida ham tornado sabab AQShda besh kishi halok boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid