Oʻzbekistonning jahon chempionatidagi raqiblari maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha 2024 yilgi jahon chempionatiga qurʼa tashlandi.

Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha jahon chempionati guruh bosqichiga qurʼa tashlandi.
Unda Oʻzbekiston futzal terma jamoasi nisbatan kuchliroq raqiblarga duch keldi: Niderlandiya, Paragvay va Kosta-Rika.
Guruhlar
A
- Oʻzbekiston
- Niderlandiya
- Paragvay
- Kosta-Rika
B
- Braziliya
- Kuba
- Xorvatiya
- Tailand
C
- Argentina
- Ukraina
- Afgʻoniston
- Angola
D
- Ispaniya
- Qozogʻiston
- Yangi Zelandiya
- Liviya
E
- Portugaliya
- Panama
- Tojikiston
- Marokash
F
- Eron
- Venesuyela
- Gvatemala
- Fransiya
Jahon chempionati 14 sentabrdan 6 oktabrgacha oʻtkaziladi. Ochilish oʻyini Oʻzbekiston va Niderlandiya oʻrtasida boʻlib oʻtadi.