platina.uz
Iqtisod

Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tuziladi

Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadda foydalanish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika organi hisoblanadi. 

Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tuziladi

Oʻzbekistonda Atom energetikasi agentligi tashkil etiladi. U Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.

“Yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-79-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

- Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida:

- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (Qoʻmita);

- Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (Inspeksiya);

- Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida:

- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (Agentlik).

Bunda:

Qoʻmita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obʼektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

Inspeksiya yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid