platina.uz
Jamiyat

Endi DXMga pasport koʻtarib borish shart boʻlmaydi

Mazkur amaliyot 2024 yil oxirigacha joriy etiladi. 

Endi DXMga pasport koʻtarib borish shart boʻlmaydi

Endilikda DXMga pasport bilan borish shart boʻmaydi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi.

"Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

2024 yil 1 iyuldan:

Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga koʻra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;

- avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;

- noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

2024 yil yakuniga qadar:

- davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;

Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

- fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid