platina.uz
Jamiyat

Tadbirkorning mablagʻini oʻzlashtirgan mutaxassis fosh boʻldi

U 9 turdagi texnika mahsulotlarining shtrix kodini qalbaki mahsulotlarning shtrix kodiga oʻzgartirib, arzon narxlarda sotgan. 

Tadbirkorning mablagʻini oʻzlashtirgan mutaxassis fosh boʻldi

Yakkasaroy tumanida tadbirkorning 146,7 mln soʻmlik mulkini oʻzlashtirgan mutaxassis aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.R. “U.M.” MChJning mahsulotlarni qabul qilish va tayyorlash boʻlimi mutaxassisi vazifasida ishlab kelib, tanishi A.T. bilan 9 turdagi texnika mahsulotlarining shtrix kodini qalbaki mahsulotlarning shtrix kodiga oʻzgartirib, yaqin qarindoshlari nomiga ochilgan profillar orqali umumiy qiymati 146,7 mln soʻmlik mahsulotlarni 17,8 mln soʻmga sotib olishib, tadbirkorning mulkini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid