platina.uz

Naslli ona tovuq yetishtirish boʻyicha korxona ochgan yirik tadbirkor

U “Mikrokreditbank”dan moliyaviy koʻmak olgani uchun 3 yildan beri qiynalmay, shu darajaga yetganini bildirdi.

Biznes
24-may, 16:41
Naslli ona tovuq yetishtirish boʻyicha korxona ochgan yirik tadbirkor

Toshkent viloyatida joylashgan Inter Agro Broiler Breeders korxonasi naslli ona tovuqlar va inkubatsion tuxumlar yetishtirish boʻyicha ancha rivojlanishga erishdi.

Bugun bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ushbu korxonaga press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida ishtirokchilar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita yaqindan tanishishdi.

– Davlatimiz rahbarining Vengriya va AQShga rasmiy tashriflaridagi erishilgan kelishuvlar ishimizni ancha osonlashtirdi. Shu tariqa hozir yana yangi loyihalar ustida ishlab, “Mikrokreditbank”dan bemalol kredit olishimiz mumkin, – dedi korxona rahbari Rustam Saidov.

Inter Agro Broiler Breeders korxonasiga 2022 yilda parrandachilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida aylanma mablagʻlarini toʻldirishga naslli ona tovuq joʻjalari va parranda ozuqa yemi sotib olish uchun 20 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 30 mlrd. soʻmni tashkil etadi. Bank tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy yordam natijasida 2023 yilda 58,2 mlrd. soʻmlik pul aylanmalari amalga oshirilgan. Eng muhimi, ushbu korxonada hozir 200 dan ziyod ishchi oʻrni yaratilgan.

50 gektarlik yerda joylashgan mazkur korxona hududi 3 ta zonaga boʻlinadi. Har uchala zonada jami 42 ta sex ishlaydi. Bir oyda 1,7-1,8 mln. dona inkubatsion tuxum yetishtiriladi. Shu tariqa mazkur yoʻnalishda Oʻzbekistonni 30 foiz mahsulot bilan taʼminlaydi.

Mahsulotlarning 50 foizi mahalliy bozorga, qolgan yarmi esa 7 ta davlat – Ozarbayjon, Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni va Qirgʻizistonga eksport qilinadi.

Maʼlumot uchun, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan joriy yil boshidan beri tadbirkorlik subʼektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 95 ta loyihaga jami 384,4 mlrd. soʻm ekvivalentida mablagʻlar ajratilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+