platina.uz
Jamiyat

Firibgarlik va odam savdosida ayblangan shaxs Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

Qayd etilishicha, keyingi vaqtlarda AQSh, Kanada yoki Yevropaga viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi ortib bormoqda. 

Firibgarlik va odam savdosida ayblangan shaxs Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

Istanbulda firibgarlik va odam savdosida ayblangan shaxs Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 6 may kuni Istanbul shahrida qoʻlga olingan, firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda boʻlgan, 1979 y.t. Ozod Rahimov bugun Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi, deyiladi xabarda.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolar Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish soʻraladi.

"Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi. Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda AQSh, Kanada yoki Yevropa davlatlarga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh boʻlishni soʻraymiz" deyiladi konsulxona xabarida.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda turli jinoyatlarda ayblanayotgan shaxslar faol ravishda Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilinmoqda. Jumladan, yanvar oyi oxirida sakkiz yildan beri qidiruvda boʻlgan ayol ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid