platina.uz
Jahon

AQSh Gruziyaga viza cheklovlari kiritadi

Entoni Blinken munosabatlarni har tomonlama koʻrib chiqish jarayonini boshlaganini eʼlon qildi. Bunga oʻsha "mashhur" qonun sabab boʻlmoqda. 

AQSh Gruziyaga viza cheklovlari kiritadi

Qoʻshma Shtatlar Gruziyaning xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonunga javoban Gruziyaga nisbatan viza cheklovlari siyosatini joriy qilmoqda.

AQSh Gruziyada muxolifat va demokratik erkinliklarni bostirish vositasi deb hisoblagan "xorijiy agentlar" toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishiga javoban mamlakatga nisbatan viza cheklovlari siyosatini joriy qilayotganini eʼlon qildi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning bayonotida Gruziya rahbariyatidagi hech kimga zudlik bilan viza sanksiyalarini joriy etish haqida gap yoʻq – Davlat departamenti rahbari faqatgina bunday sanksiyalarni endi joriy etish mumkinligini maʼlum qilgan.

"Kim Gruziyadagi demokratik jarayonlar yoki institutlarga putur yetkazsa, shu jumladan, 2024 yil oktabrdagi parlament saylovlaridan oldin, jarayon davomida yoki undan keyin AQSh vizasini olish va Qoʻshma Shtatlarga tashrif buyurish huquqidan mahrum boʻlishi mumkin. Bu shaxslarning yaqin oila aʼzolari ham ushbu cheklovlarga duchor boʻlishi mumkin", dedi Blinken oʻz bayonotida.

Bayonotda, Qoʻshma Shtatlar nuqtai nazaridan, hukmron "Gruziya orzusi" partiyasi tomonidan parlament orqali qabul qilingan "Xorijiy taʼsirning oshkoraligi" qonuni soʻz va yigʻilish erkinligini cheklab qoʻyishi va ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilishi mumkinligi tushuntiriladi.

Bundan tashqari, Davlat departamenti rahbari taʼkidlaganidek, Gruziya rasmiylari yangi qonunga rozi boʻlmaganlarni qoʻrqitish va bostirishga harakat qilmoqda va bularning barchasi Gruziya Konstitutsiyasida qayd etilgan maqsadga – Yevro-Atlantika hamjamiyatiga integratsiyaga zid keladi.

"Biz Gruziya rahbariyati qonun loyihasini qayta koʻrib chiqib, mamlakatni demokratiya va Yevro-Atlantika integratsiyasi sari yanada ilgari surish uchun qadamlar qoʻyishiga umid qilishda davom etamiz. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni koʻrib chiqishda biz oʻz harakatlarimiz boʻyicha qaror qabul qilishda Gruziyaning harakatlarini hisobga olamiz", — dedi AQSh Davlat departamenti rahbari bayonotida.

Avvalroq Gruziya mazkur qonunni qabul qilsa Yevropa ittifoqiga aʼzolikka nomzod maqomidan mahrum boʻlishi mumkinligi aytilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid