platina.uz
Jamiyat

"Agrobank" kassiri va "pasport stol" boshligʻining qilmishlari oshkor boʻldi

Fargʻonada jarima mablagʻlarini oʻzlashtirib yuborgan IIB pasport boʻlimi boshligʻiga oid ish koʻrib chiqildi. 

"Agrobank" kassiri va "pasport stol" boshligʻining qilmishlari oshkor boʻldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Yozyovon tuman sudida jarima mablagʻlarini oʻzlashtirib yuborgan IIB pasport boʻlimi boshligʻiga jazo tayinlandi. Mazkur ish boʻyicha sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Sudlanuvchi D.M. 2009 yil dekabr oyidan 2015 yilning yanvar oyiga qadar Quvasoy shahar IIB Pasport boʻlinmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. U mansabdor shaxs boʻlgani xolda ATB “Agrobank” Quvasoy shahar filiali maxsus kassa kassiri Yu.M. bilan oʻzaro til biriktirib, mansab mavqeini suiisteʼmol qilib, 2014-2015 yillar davomida fuqarolik pasportini olish va almashtirish muddatini oʻtkazib yuborgan 261 nafar shaxslarga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirmagan. Soʻngra ular eng kam oylik ish xaqining bir baravari miqdoridan jami 27.966.100 soʻm maʼmuriy jarimalar undirib, ular boʻyicha toʻlov kvitansiyalarini yoʻq qilib, pul mablagʻlarini tegishli tartibda bank muassasasiga topshirmasdan oʻzaro taqsimlab, davlat byudjetining pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.

Shuningdek, D.M. oʻz vazifasi yuzasidan bajarishi lozim boʻlgan xarakatlarni qasddan bajarmasdan, 2014-2015 yillar davomida pasport tizimi qoidalari, yaʼni oʻz vaqtida pasport olmagan yoki almashtirish muddatini oʻtkazib yuborgan 821 nafar fuqarolarga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish choralarini koʻrmagan. Natijada jami 88.938.700 soʻm maʼmuriy jarimalar undirilmay qolingan, davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.

Sudlanuvchi jarayonda oʻz ayblariga toʻliq iqror boʻlgan. Uning aybi guvohlar koʻrsatmasi va boshqa dalillar bilan ham oʻz isbotini topgan deya hisoblandi. D.M.ga nisbatan qoʻyilgan ayblov JK 167-moddasi 2-qismining “v,g” bandlari va 208-moddasi bilan toʻgʻri kvalifikatsiya qilingan deya xulosa qilindi.

Yakuniy hukmga koʻra, sudlanuvchi uzil-kesil 1 (bir) yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash xuquqidan maxrum qilib, ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Keltirilgan zarar esa toʻliq undirilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid