platina.uz
Jamiyat

Xovos tumani hokimi oʻrinbosari pora bilan ushlandi

Bundan tashqari, Qashqadaryoda IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi katta tezkor xodimi ham qoʻlga olindi. 

Xovos tumani hokimi oʻrinbosari pora bilan ushlandi

DXX pora olayotgan hokim oʻrinbosarini qoʻlga oldi.

Xabar berilishicha, Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi MChJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sugʻorish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilgan. Soʻngra 1 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filialining boʻlim boshligʻi va muhandisi oʻzaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonani 3 fazali elektr tarmogʻiga ulash va transformator oʻrnatib berish, shuningdek, boshqa texnik hujjatlarini tayyorlashda koʻmaklashish evaziga 39 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filiali muhandisi soʻralgan pul mablagʻidan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi katta tezkor xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, oʻzining ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish evaziga, tamagirlik yoʻli bilan undan 1500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq ushbu pul mablagʻi hisobidan 400 AQSh dollari oladi.

Lekin, u talab qilingan puldan yana 400 AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori 5 ming AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, u ushbu pul mablagʻi evaziga, oʻzaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani boʻyicha mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmasdan, holatni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni vaʼda qilgan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, mazkur shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Eslatib oʻtamiz, DXX avval haj ziyoratiga yuborishni vaʼda qilgan firma vakillarini ushlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid