platina.uz
Iqtisod

Turkiy davlatlar uchun Made in Turan brendi yaratildi

Ushbu brend aʼzo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yagona markalashga oʻtishni nazarda tutadi.

Turkiy davlatlar uchun Made in Turan brendi yaratildi

Bugun Qozogʻistonda Ozarbayjon tashabbusi bilan turkiy dunyo savdo belgilarini birlashtirgan Made in Turan brendi yaratildi.

Bu haqda Ozarbayjon franchayzing uyushmasi boshqaruvi raisi Jamid Movsumov maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, Made in Turan brendining yaratilishi Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yagona markalashga oʻtishni nazarda tutadi.

"Made in Turan brendi uchun olinadigan maxsus imtiyozlar tufayli mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasi oshadi va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi. Brendning joriy etilishi turkiy dunyo brendlari uchun yangi davrni anglatadi. Ushbu brendlash siyosati natijasida turkiy davlatlar brendlari ishonch bilan oldinga siljiydi. Maxsus imtiyozlar tufayli global brend boʻlish yoʻlida Turkiy davlatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasi oʻsib boradi.

Turk dunyosi butun dunyoda muhim iqtisodiy kuch sifatida Made in Turan Turon savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqdamiz", deydi u.

Eslatib oʻtamiz, Turkiy davlatlar tashkilotiga Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston kabi davlatlar kiradi. Turkmaniston kuzatuvchi davlat sanaladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid