platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi ShHT sammitiga boradi

3-4 iyul kunlari ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtadi. 

Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi ShHT sammitiga boradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-4 iyul kunlari Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi.

Ushbu tadbirda ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari, shuningdek BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ham qatnashadi.

Bu haqda BMT bosh kotibi Nyu-Yorkda Qozogʻiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Akan Raxmetullin bilan uchrashganda maʼlum qilgan.

Tashrif Bosh kotibning Markaziy Osiyo mamlakatlariga safari doirasida amalga oshiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid