platina.uz
Jamiyat

Onkologik bemor bolalarni saqlab qolish darajasi oshiriladi

Prezident qarori bilan bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirish vazifalari belgilandi.

Onkologik bemor bolalarni saqlab qolish darajasi oshiriladi

2030 yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasi 60 foizga oshiriladi. Bu haqda “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarorida soʻz boradi.

Qarorga koʻra, quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi:

  • 2030 yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;
  • gemopoetik oʻzak hujayralari va suyak koʻmigi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish;
  • bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta nomlandi.

Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi.

2024 yil 1 iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid