platina.uz
Jamiyat

Transport prokuraturasi vertolyotlarni oʻrganishni boshladi


Transport prokurori Ikrom Narimov joylarga chiqib, havo kemalari holatini koʻzdan kechirdi. 

Transport prokuraturasi vertolyotlarni oʻrganishni boshladi

Transport prokuraturasi rahbariyati vertolyotlarni oʻrganishni boshladi.

Transport prokurori Ikrom Narimov rahbarligida, “Uzbekistan Helicopters” MChJ rahbari S.Irmuxamedov va boshqa masʼullar ishtirokida aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etish, havo kemalarida yoʻlovchilarga namunali xizmat koʻrsatish hamda parvozlar xavfsizligini taʼminlash ahvoli joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Oʻrganishda, Respublika xududida mahalliy aholi va sayyohlarni ichki aviaqatnovlarda tashishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish, “SILK AVIA” MChJ faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida “ATR72-600” rusumli havo kemalari sonini oshirish, sohani raqamlashtirish borasidagi topshiriqlarni muddatida bajarilishini taʼminlash va boshqa masalalar muhokama etilib, masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot halokati tufayli vafot etgandi. Rasmiy xabarga koʻra, noqulay ob-havo bunga sabab boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid