platina.uz
Jamiyat

Buxoroda qarzlar, tadbirlar va turizm mahallasi uchun millardlab soʻm ajratildi

Xalq deputatlari viloyat kengashining mahalliy byudjet boʻyicha qarori eʼlon qilindi. 

Buxoroda qarzlar, tadbirlar va turizm mahallasi uchun millardlab soʻm ajratildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining mahalliy byudjetning 2024 yil qoʻshimcha manbalarini yoʻnaltirish boʻyicha qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra, viloyat hokimligi taklifi bilan kengash mahalla raislarini "Raqamli mahalla" tizimidan foydalanish uchun planshetlar bilan taʼminlash:

- 2024 yilda viloyat mahalliy budjet parametrlarida issiqlik tarmoqlari va qozonlarini taʼmirlash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanish maqsadida ajratilgan mablagʻlarni tarmoq korxonalari orqali moliyalashtirishga;

- "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi"ga ajratilgan mablagʻlar boʻyicha oʻtkazilgan tender va tanlov savdolari yakunlariga koʻra, iqtisod qilingan 4989,9 mln.soʻm miqdoridagi mablagʻlarni 2-ilovaga muvofiq yoʻnaltirishga va boshqalarga qaror qiladi.

Birinchi ilovaga koʻra, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun jami 2 mlrd. 358 mln. beriladi. Shundan "Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi"ni bosh rejasini ishlab chiqish uchun 871 mln., pensiya toʻlovi uchun zarur boʻladigan server qurilmasiga 181 mln. soʻm, tegishli tadbirlar, festivallar va mehmonlarni kutib olish xarajatlari uchun 700 mln. soʻm ajratiladi.

Shuningdek, "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK kreditorlik qarzlarini qoplash uchun 4 mlrd. 989 mln. soʻm ajratiladi. Shundan Buxoro shahridagi maktab-internatning qurilishi va boshqa xarajatlari uchun 1 mlrd. 989 mln., Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanidagi obʼektlarning qurilish-taʼmirlash ishlaridan hosil boʻlgan xarajatlar uchun 3 mlrd. soʻm berish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari qator tumanlar byudjetiga oʻzgatirish kiritilib, 860 mln. soʻm mablagʻ Gʻijduvon tumanidagi turizm mahallasi uchun taqdim etiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid