platina.uz
Jahon

Blinken: Raisiy vafotidan keyin Eron xalqi oʻzini yaxshiroq his qilmoqda

Rasmiy Vashington esa Eron prezidentining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Blinken: Raisiy vafotidan keyin Eron xalqi oʻzini yaxshiroq his qilmoqda

AQSh Davlat departamenti rahbari yaqinda Eronda roʻy bergan voqealarga “Raisiy vafotidan keyin Eron xalqi oʻzini yaxshiroq his qilmoqda” deya munosabat bildirdi.

Davlat kotibi Entoni Blinken Senatning Xalqaro munosabatlar qoʻmitasi tinglovlaridan birida soʻzlagan nutqida shunday degan.

“Uning (Raisiyning) sudya sifatida va prezident lavozimida boʻlgan paytida daxldor boʻlgan dahshatli qilmishlar inobatga olinsa, uning Eron xalqiga boshqa daxldor boʻla olmasligi, katta ehtimol bilan, yaxshi boʻldi”, degan Blinken.

Bundan avvalroq, AQSh Senatida Demokratik koʻpchilik yetakchisi Shumer, razvedka idoralari unga Eron prezidenti Raisiy vertolyoti halokatga uchraganida "hech qanday “iflos” oʻyin roʻy berganining isboti yoʻqligi”ni maʼlum qilganini aytgan edi.

Rasmiy Vashington esa Eron prezidentining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan. "Qoʻshma Shtatlar Eronning shimoli-gʻarbiy qismida roʻy bergan vertolyot halokatida Eron prezidenti Raisiy, tashqi ishlar vaziri Abdullohiyon va boshqa delegatsiya aʼzolarining halok boʻlishi munosabati bilan rasman hamdardlik bildiradi", deyilgan AQSh Davlat departamenti bayonotida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid