Xalqaro jinoyat sudi prokurori Netanyahuni qamoqqa olishni talab qildi
Isroil ushbu xalqaro sud yurisdiksiyasini tan olmaydi. Prokuror shuningdek, mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMAS yetakchisini ham ushlashni soʻragan.

Xalqaro jinoyat sudi Bosh prokurori Karim Xon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va HAMAS yetakchisi Ismai Xaniyani harbiy jinoyatlarda ayblab hibsga olishga talab qildi.
Xonning soʻzlariga koʻra, ularning har ikkalasi ham kamida 2023 yil 7 oktabrdan boshlab urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak, buning uchun asoslar mavjud.
Netanyaxu avvalroq Xalqaro jinoiy sud hukumat amaldorlarini hibsga olish uchun order bersa, bu tarixiy miqyosdagi janjal boʻlishini aytgan edi.
Soʻnggi kunlarda Isroil rasmiylari xalqaro sud hukumat amaldorlarini hibsga olish uchun order tayyorlayotganidan xavotir bildirgandi, bu Gʻazo urushi boshlanganidan beri Isroilga qarshi koʻrilgan eng jiddiy xalqaro huquqiy choralar boʻladi.
Jismoniy shaxslarni urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsidda ayblash vakolatiga ega boʻlgan sud, HAMASning 7 oktabrdagi transchegaraviy hujumi va Isroilning Gʻazoga bosqinini tekshirmoqda.
Isroil ushbu xalqaro sud aʼzosi emas va uning yurisdiksiyasini tan olmaydi, lekin Falastin hududlari 2015 yilda Rim statusiga aʼzo davlat sifatida qabul qilingan.
