platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyning oʻlimi sabab hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston prezidenti Eron shimolidagi hodisa sabab mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik yoʻlladi. 

Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyning oʻlimi sabab hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyning oʻlimi sabab hamdardlik bildirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi, deyiladi rasmiy xabarda.

Maktubda, jumladan, "Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlar qalblarida doimiy saqlanib qolishi" taʼkidlanadi.

Shavkat Mirziyoyev doʻst Eron xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi.

Eslatib oʻtamiz, Eron prezidenti boʻlgan vertolyot 19 may kuni halokatga uchradi. Oqibatida prezident Raisiy va bir qator yuqori martabali amaldorlar halok boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid