platina.uz
Jamiyat

Buxorodagi ayrim hududlarda tezlik 70 km/soatga pasaytirilishi mumkin

Viloyatdan oʻtgan ayrim yoʻl uchastkalarida tezlikni pasaytirish boʻyicha loyiha muhokamaga qoʻyildi. 

Buxorodagi ayrim hududlarda tezlik 70 km/soatga pasaytirilishi mumkin

Regulation.gov.uz normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yana bir hujjat - “Viloyat hududidagi shahar va tumanlar markaziy koʻchalari va avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarini oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi hokim qarori muhokamaga qoʻyildi.

Buxoro viloyati hokimligi kiritgan qaror loyihasida viloyat hududidan oʻtgan ayrim yoʻl uchastkalarida tezlikni 100 km/soatdan 70 km/soatga oʻzgartirish va va 3.24 “70 yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgilari oʻrnatish koʻzda tutilgan.

Bunday oʻzgarish kiritilishiga avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida transport harakat jadalligi va yuqori va tezlik oqibatida yoʻl-transport hodisalari koʻplab kuzatilishi sabab qilib koʻrsatilgan.

Qaror loyihasi yuzasidan muhokamalar 31 maygacha davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi farmoniga koʻra, 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid