"Boxo zavxoz" 10 yilga qamaldi

“Boxo zavxoz” va “Terminator” laqablari bilan tanilgan Bahodir Sultonov hamda Navoiydagi avtosalon direktori Niyoz Ibodovga jazo tayinlandi. 

Jamiyat
18-may, 11:50
"Boxo zavxoz" 10 yilga qamaldi

“Boxo zavxoz” va “Terminator” laqablari bilan tanilgan Bahodir Sultonov hamda u bilan bir ish doirasida qamoqqa olingan Navoiydagi avtosalon direktori Niyoz Ibodovga sud hukmi bilan jazo tayinlandi. Sud hujjati Platina.uz`da mavjud. 

 16 may kuni Toshkent shahar Olmazor tuman sudi ularni Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda koʻp miqdorda tovlamachilik) “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topgan. 

Sud hukmi bilan Bahodir Sultonovga 10 yil, Niyoz Ibodovga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud Bahodir Sultonovni oʻta xavfli retsidivist deb topgan.

Maʼlumot uchun, 55 yoshli Bahodir Sultonov 1994 yili JKning bir nechta moddalari bilan ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilingan. Oradan bir necha oy oʻtib, mazkur jazo 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga oʻzgartirilgan. U 2016 yili ozodlikka chiqqan edi.

Eslatib ӯtish joiz, Niyoz Ibodov Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar vaqtida qoʻlga olingan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+