platina.uz
Jamiyat

Rossiyada qonunni buzganlar Qozogʻistonga bormasligi tavsiya etildi

Bu Qozogʻiston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgani bilan izohlanmoqda. 

Rossiyada qonunni buzganlar Qozogʻistonga bormasligi tavsiya etildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ayrim fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi. Aytilishicha, Rossiyada huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning Qozogʻistonga borishi tavsiya etilmaydi.

Qozogʻiston va Rossiya hukumatlarining maʼmuriy va jinoiy ishlari boʻyicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozogʻiston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.

Natijada soʻnggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan Oʻzbekiston fuqarolarining Qozogʻiston chegarasini kesib oʻtish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar boʻyicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, Oʻzbekistonga kelgan yurtdoshlarga Qozogʻistonga bormaslik tavsiya qilinadi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid