"Oʻztransgaz"dan haydalgan amaldor "Oʻzbekneftgaz"ga ishga oʻtdi
Baxtiyor Anorqulov 2019 yilgacha "Oʻztransgaz" raisining moliya masalasi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Anorqulov Baxtiyor Rahmonqulovich “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining iqtisodiyot va moliya boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Baxtiyor Anorqulov 2019 yilgacha "Oʻztransgaz" raisining moliya masalasi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Uning lavozimidan chetlatilishiga "Lukoyl" oldidagi katta qarzi sabab boʻlgani aytilgandi. 2019 yil mart oyi boshida Oʻzbekistonning 2018 yilda Rossiya kompaniyasidan qariyb 600 million dollar qarzi borligi haqida maʼlumotlar tarqalgandi. Oʻshanda Anorqulov "Oʻzbekneftgaz” markaziy apparatiga ishga oʻtkazilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻsha paytda "Lukoyl" kompaniyasining ishlab chiqarish boʻyicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarov qarz Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan gazning bir qismini ichki bozorga olgani sababli yuzaga kelganini aytgandi.