Malayziya bosh vaziri bugun Oʻzbekistonga keladi
Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19 may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari oʻrin olgan.
Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Malayziya Hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy va maʼnaviy merosi bilan tanishadi, qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi.