platina.uz
Jamiyat

Buxoroning sobiq prokurori yangi lavozimga tayinlandi

U  Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, adliya vaziri oʻrinbosari vazifasida ham ishlagan. 

Buxoroning sobiq prokurori yangi lavozimga tayinlandi

Mahmudjon Shuhratovich Istamov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Mahmudjon Istamov Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Mahmud Istamov 1979 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy — Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi — huquqshunos.

U 2014−2019 yillarda Prezident administratsiyasidagi Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shoʻʼbasi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shoʻʼbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Adliya vazirining oʻrinbosari hamda birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ham ishlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid