platina.uz
Jamiyat

Andijonda 160 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan ish qoʻzgʻatilib, tergov oʻtkazilmoqda.

Andijonda 160 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Andijonda 160 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oltinkoʻl tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda fuqaro O.Sh. “Ittifoq” MFY hududidagi 80 sotix noturar yer maydonini fuqaro A.B.ga firibgarlik yoʻli bilan 160 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari yordamida ushbu yer maydonini turar joy sifatida foydalanishi uchun yana 10 000 AQSh dollari berishi kerakligini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament, DXX va IIB Samarqand viloyati boshqarmalari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.E. Payariq tumani “Maniobod” mahallasida joylashgan ijara huquqi asosida dehqon xoʻjaligini yuritishi uchun ajratilgan 2,1 gektar yer maydonini fuqaro A.A.ga 36 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid