Yakkabogʻlik sobiq bitiruvchilar oʻzlari oʻqigan maktabni taʼmirlab berdilar
Muallimlarga maishiy texnikalar, maktab kutubxonasiga yangi kitoblar va sport anjomlari sovgʻa qilindi.

Prezident maslahatchisi oʻrinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev sinfdoshlari bilan oʻzlari taʼlim olgan Yakkabogʻ tumanidagi 83-maktabni taʼmirlab berdi.
Shuningdek, sobiq bitiruvchilarning ustozlari va tuman yoshlari bilan muloqot oʻtkazildi.Muallimlarga maishiy texnikalar, 83-maktab kutubxonasiga yangi kitoblar, tumandagi taʼlim muassasalari va mahallalar yoshlariga 20 turdagi sport anjomlari sovgʻa qilindi.