platina.uz
Jahon

Turkiyada yana davlat toʻntarishining oldi olindi

Prezident Erdoʻgʻon razvedka hamda Adliya vazirligi rahbariyati bilan shu masalada faqulodda yigʻilish oʻtkazgan.

Turkiyada yana davlat toʻntarishining oldi olindi

Turkiya Respublikasida bir necha kuch ishlatar tizim vakillari davlatga qarshi fitna uyushtirishda gumonlanmoqda. Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon razvedka hamda Adliya vazirligi rahbariyati bilan shu masalada faqulodda yigʻilish oʻtkazgan.

Türkiye gazetasining xabar berishicha, “Ayxan Bora Kaplan” jinoiy guruhiga aloqador deb gumon qilingan bir necha politsiyachi lavozimidan ketkazilgach, davlat toʻntarishiga ishora beruvchi holatlar fosh etilgan. Bu masala bilan Anqara bosh prokuraturasi shugʻullanmoqda, deb yozgan Turkiyaning Sabah gazetasi.

Mansabidan ozod etilgan politsiyachilar “jinoiy maqsadlarda xufyona til biriktirish”da, “adolatli va xolis sud tekshiruvi hamda guvohlarga taʼsir oʻtkazishga urinish”da, shuningdek, “mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish”da gumon qilinyapti.

Turk millatchilar harakatining yetakchisi, Turkiya Buyuk milliy kengashining spikeri vazifasini bajaruvchi Devlet Baxchelining ogohlantirishicha, hozirgacha toʻplangan dalillar 2016 yilda Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat toʻntarishi hamda isyonni takrorlashga urinishdan darak bermoqda. 2016 yilda roʻy bergan davlat toʻntarishiga urinish hukumat kuchlari tomonidan bir necha soat ichida bostirilgan edi.

Butun mamlakat boʻylab yuz bergan toʻqnashuvlarda 241 kishi halok boʻlgan va 2 mingdan ziyod kishi jarohat olgani qayd etilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid