platina.uz
Iqtisod

“Termiz xalqaro savdo markazi”da xorijiy valyutalarda ham savdo qilinadi

Markaz faoliyati bilan bogʻliq vaziyatlarda Afgʻoniston va Pokiston fuqarolariga ham bir qator imkoniyatlar beriladi.

“Termiz xalqaro savdo markazi”da xorijiy valyutalarda ham savdo qilinadi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ulgurji va chakana savdo uchun toʻlov sifatida AQSh dollari, yevro, rubl va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi.

Prezident 2024 yil 13 may kuni “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Unga koʻra, ushbu markaz hududida faoliyat yurituvchi, Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan tadbirkorlarga Afgʻoniston, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.

Qarorda, shuningdek, markaz faoliyati bilan bogʻliq vaziyatlarda Afgʻoniston va Pokiston fuqarolariga boshqa bir qator imkoniyat va erkinliklar berish ham belgilab qoʻyilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid