Sirdaryo hokimiga yana bir oʻrinbosar tayinlandi
U 2013 yilda Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti va 2015 yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan.
Xoʻjamov Bobur Alisher oʻgʻli Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari — viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Bobur Xoʻjamov 1991 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2013 yilda Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti va 2015 yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlayotgan edi.
Avval Akmal Mirzayev ham Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.
Telegramda kuzatib boring!