Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Kengesboy Serjanov vafot etdi
U faoliyati davomida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, Repsublika estrada-sirk kollejida yoshlarga ustozlik qilgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist hamda Qoraqalpogʻiston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqida Madaniyat vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Kengesboy Serjanov faoliyati davomida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, Respublika estrada-sirk kollejida yoshlarga ustozlik qildi. Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida opera xonandasi sifatida ijod qilib, koʻplab bosh rollarni ijro etdi.
Kengesboy Serjanov keng diapazonli, sahroyi ovoz egasi boʻlish birga koʻplab xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻldi. Respublikaga taniqli opera xonandalarini yetishtirishda, opera sanʼatini rivojlantirishda hissa qoʻshgan.